qirg-iz-adabiyotining-atoqli-vakili-omor-sultonov

Qirg‘iz adabiyotining atoqli vakili Omor Sultonov

O. Sultonov 2015-yil Turk dunyosida “Adabiyot olamining yil odami” deb tan olindi.

09 Nisan 2022 11:29

Omor Sultonov 1959 yilda Qirg‘iziston Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi raisining 2-kotibi, SSSR Yozuvchilar uyushmasi komissiyasi aʼzosi, Aliqul Osmonov nomidagi Adabiyot uyushmasi direktori lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, u Qirg‘iziston-Tojikiston do‘stlik jamiyati raisi, Moskva xalqaro yozuvchilar uyushmasi hamraisi sifatida faoliyat ko’rsatgan.

2007-2009 yillarda Qirgʻiziston milliy yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan.

Ijodi

Omor Sultonovning ilk she’riy kitobi 1961-yilda “Tog‘dagi kunlar” nomi bilan nashr etilgan.

Shundan keyin “Yulduzli tunlar”, “O‘ttiz bekat”, “Orollar orasida”, “Dunyo” kabi  she’riy kitoblarni, “Oq yo’l, “Ulug’ daryo” kabi hikoyalarini va “Inson hayoti” romanini yozdi.

Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan.

“Oq yo‘l” hikoyalarindan saylanmalari va she’rlari turk tilida nashr etilgan.

Omor Sultonov ko‘plab mashhur shoir va yozuvchilarning asarlarini qirg‘iz tiliga tarjima qilgan.

Omor Sultonov 2015-yilda Turk dunyosida “Yil adabiyot odami” deb e’tirof etildi va uning 80 yillik yubileyi Anqarada nishonlandi.

Qirg‘iz adabiyotining muhim namoyandalaridan biri Omor Sultonov 2022-yil 3-aprelda vafot etdi.

Yangiliklar