qirg-iz-she-riyatining-yetakchi-namoyandasi-iste-dodli-shoir-aliqul-osmonov

Qirgʻiz sheʼriyatining yetakchi namoyandasi, isteʼdodli shoir - Aliqul Osmonov

Aliqul Osmonov qirg‘iz shoirlarining eng atoqli namoyandalaridan biridir.

14 Ocak 2022 14:46

 

Iste'dodli shoir Aliqul Osmonov - 1915 yilda Panfilov tumani, Kaptal-Ariq qishlog'ida tug'ilgan.

U yoshligida yetim qolib, To‘qmoq shahridagi mehribonlik uyida tarbiyalangan. Bu yerda u adabiy kitoblarga qiziqib, o‘z she’rlarini yoza boshlagan.

Aliqul Osmonov 1935-1950 yillarda ko’plab kitoblar  chop ettirgan. “Tong qo‘shiqlari”, “Yulduzli yoshlik”, “Cho‘lponiston”, “Mahobat”, “Yangi qo‘shiqlar”, “Mening yurtim” kabi to‘plamlari nashr etilgan.

“Mening yurtim” she’riy to‘plami 1950 yilda Moskvada rus tilida nashr etilgan. Bu kitob butunittifoq kitobxonlari tomonidan iliq kutib olindi va shoirning shuhratini yoydi.

U qirg‘iz xalq og‘zaki ijodiga yuzlanib, uni qayta ishlash uchun ko‘p mehnat qildi. U bolalar adabiyotiga ham katta hissa qo‘shgan.

U o‘z hayotini she’rsiz tasavvur qila olmasdi.

O‘limidan so‘ng 1964-1967 yillarda asarlarining uch jildligi nashr etildi. 1984—1986-yillarda uning sheʼrlari, tarjimalari va dramalari yana uch jildda birlashtirildi.

1988 yilda Bishkekdagi 68 maktabga shoir nomi berilgan, 1990 yilda esa 9 kutubxonaga uning nomi berilgan. Qirgʻizistonda jami 20 ga yaqin maktab, togʻ choʻqqisi (4060 m) va kema Aliqul nomi bilan ataladi.

Buyuk shoir 1950 yil 12 dekabrda vafot etdi.

 

Yangiliklar