qirg-iziston-shimolidagi-sirli-minora-burana

Qirgʻiziston shimolidagi sirli minora-Burana

Burana minorasi Qirgʻiziston arxeologiya va arxitektura muzeyi tarkibiga kiradi, minora Burana shahri qoldigʻi va Markaziy Osiyodagi eng qadimiy binolardan biri hisoblanadi.

29 Mayıs 2022 13:20

Burana - Qoraxoniylar davri tarixiy-me'moriy yodgorligi. Minora Kegeti darasiga olib boruvchi yo‘lda, To‘qmoq shahridan 12 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Burana minorasi X asr oxiri XI asr boshlarida, mintaqadagi turklarga islom dini tarqala boshlagan paytda Qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasog‘un  shahrida qurilgan.

Burana minorasi Qirgʻizistondagi madaniy meros majmuasini toʻldiradi

Burana minorasi Bolasog‘unning markaziy qismida masjid yonida qurilgan. Minora azon va namozga chorlovchi minora bo’lishdan tashqari xavfsizlik minorasi vazifasini ham bajargan.

Minoraning dastlabki balandligi 45-46 metrni tashkil etgan. Biroq tabiiy ofatlar natijasida bugungi kunda minoraning balandligi 21,7 metrni tashkil qiladi.

Sakkiz burchakli asos pishiq gʻishtdan va toʻgʻri toʻrtburchak poydevordan yasalgan. Pastki qismining diametri 9 m, tepasi taxminan 6 m.

Burana Markaziy Osiyodagi eng qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan biridir.

Burana minorasi davlat tomonidan muhofaza qilinadi va YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan

Arxeologik qazishmalar Bolasog‘unda 4 ta ziyoratgoh, hammom, uylar, suv quvurlari mavjudligini tasdiqladi. Hozirda bu topilmalar Burana arxeologiya-arxitektura muzey majmuasida saqlanmoqda.

Burana ochiq osmon ostidagi arxeologiya-arxitektura muzey majmuasida olib borilgan arxeologik qazishmalarda topilgan ashyolarning aksariyati toshga bitilgan.

Burana bugungi kunda eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biridir.

 

Yangiliklar