qirg-iziston-va-o-zbekiston-turoperatorlari-mug-la-turizmi-bilan-yaqindan-tanish

Qirg‘iziston va O‘zbekiston turoperatorlari Mug‘la turizmi bilan yaqindan tanishdi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston turoperatorlari va sayyohlik agentliklari Mug‘la turizmi bilan yaqindan tanishdi.

28 Nisan 2022 17:08

Qirg‘iziston va O‘zbekiston turoperatorlari va sayyohlik agentliklari Fethiye, Uludeniz, Dalaman, Dalian va Marmarisdagi tarixiy joylarga tashrif buyurib, mintaqa tabiati bilan yaqindan tanishdi.

Roksana sayyohlik agentligi nomidan kelgan AviaStore sayyohlik agentligi direktori Muzaffar Kazakova Turkiyaga avval ham bir necha bor tashrif buyurganini, biroq bu uning Mug‘la viloyatiga birinchi tashrifi ekanligini aytdi.

U mazkur  viloyatni ziyorat qilgan chog‘ida bir nechta betakror makonlarning guvohi bo‘lganini va tarixiy maskanlarga lol  qolganini aytib, Mug‘laning turizm uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Bu yer dam olish va hordiq chiqarish uchun ajoyib joy",-dedi u.

Kazakovaning soʻzlariga koʻra,  Qirgʻizistonlik sayyohlar uchun Oʻsh shahridan Dalamanga toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyiladi.

Yangiliklar