qirg-izistonda-deyarli-barcha-viloyatlarda-bayram-tadbirlari-bo-lib-o-tdi

Qirg’izistonda deyarli barcha viloyatlarda bayram tadbirlari bo’lib o’tdi

Qirg’izistonda Navro‘z bayrami tadbirlari karantin chora tadbirlariga rioya qilgan holda tashkil etilgan

22 Mart 2021 11:15

Bu yil koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda Qirg’izistonda Navro‘z bayrami tadbirlari karantin chora tadbirlariga rioya qilgan holda tashkil etildi.

Qirg’izistonda deyarli barcha viloyatlarda bayram tadbirlari bo’lib o’tdi.

Sumalak mahalliy miqyosda qaynatilib, bayram milliy o'yinlar bilan birga nishonlandi.

21 mart kuni Cho'lpon-Ota shahridagi (Issiqko'l viloyati) ot sporti maydonida "Navro’z" milliy bayramiga bag'ishlangan ot sporti o'yinlari doirasidagi ko'pkari musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda Talas viloyati jamoasi O'sh viloyati jamoasi ustidan 6:5 hisobida g’alaba qozondi.

Prezident Sadir Japarov qirg'iz xalqini Navro’z bayrami bilan tabrikladi.

"Bizning xalqimiz juda muhim va mas'uliyatli lahzada - o'tmishdagi yutuqlarimizni mustahkamlash va islohotlarni amalga oshirish uchun yana bir muhim qadam tashlash, yangi konstitutsiya loyihasi bo'yicha referendum o'tkazish bo’sag’asida turibdi", deyilgan davlat rahbari bayonotida.

Yangiliklar