qirgiz-xalq-shoiri-kojogeldi-kultegin

Qirg'iz xalq shoiri-Kojogeldi Kultegin

Kojogeldi Kultegin zamonaviy qirg'iz adabiyotining zabardast vakillaridan biri

18 Haziran 2022 17:24

Kojogeldi Kultegin 1960-yil 18-fevralda Qirgʻizistonning Oʻsh shahri Qora Kulcha tumanida tugʻilgan.

1983 yilda Qirg‘iziston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

1993 yildan boshlab Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining ikki yillik adabiyot kursida tahsil oldi.

“Qirgʻiziston” va “Adabiyot” davlat nashriyotlarida muharrir, “Erkin Too” gazetasida bosh muharrir yordamchisi boʻlib ishlagan.

Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasida “Yosh yozuvchilar” bo‘limi rahbari, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

U 2014-2022 yillarda TURKSOYda Qirg‘iziston vakili sifatida ishlagan.

Kojogeldi Kulteginning ilk asarlari maktab davridayoq gazeta va jurnallarda chop etila boshlagan.

Uning 1989 yilda nashr etilgan “Ko‘cha chiroqlari” she’riy kitobi adabiyot olamida katta taassurot qoldirdi.

2018-yilda uning “Ildizlardan qanotga” nomli kitobi turk tilida nashr etilgan va kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

Shoirning ikkinchi turkcha kitobi “Bursa chinari” 2020-yilda kitobxonlar e'tiboriga havola etildi.

Kojolgeli Kulteginning “Dunyo mening qo‘limda” she’riy kitobi esa 7 ta turkiy  tilida nashr etilgan.

Shuningdek, Kojogeldi Kultegin uzoq yillardan buyon badiiy tarjima sohasida ham faoliyat yuritib keladi.

Yangiliklar