qirgiziston-hukumati-xalqaro-turk-madaniyati-tashkiloti-raisi-etib-saylangan-su

Qirg'iziston hukumati Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti raisi etib saylangan Sulton Rayevning biografiyasini e'lon qildi

U Qirg'izistonda ma'rifatparvar davlat arbobi sifatida tanilgan

03 Nisan 2022 11:36

U Qirg'izistonda ma'rifatparvar davlat arbobi sifatida tanilgan 

Rayev Sulton Akimovich 1958-yil 13-iyulda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Qora-Suv tumani, Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan. U Qirg‘iziston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

2020 yildan hozirgacha - Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari (shtab-kvartirasi Istanbulda); 2017-2020 yillarda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi; 2016-2017-yillar Tarix va madaniyat yili bo‘yicha bosh direktor; 2013-2014 yillarda Qirgʻiziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri; 2011-2013 yillarda - Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi; 2007-2010 - Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat va axborot vaziri; 2006-2007 - Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat vaziri; 2005-2006 yillarda Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Madaniy taraqqiyot davlat komissiyasi raisi; 2004-2005 - Madaniyat va san'atni qo'llab-quvvatlash jamoat fondi prezidenti; 2002-2004 yillarda Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va madaniyat vaziri oʻrinbosari; 1991-2002 - "Qirg'iz ruhu" gazetasi bosh muharriri; 1989-1991-yillarda “Asaba” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari; 1984-1989 - "Qirg'iziston madaniyati" gazetasi muxbiri; 1979-1984 yillarda Qirgʻiziston Davlat universiteti jurnalistika fakulteti talabasi sifatida faoliyat ko’rsatgan.

Shuningdek u Qirg‘iziston Respublikasi davlat xizmatining III toifali davlat maslahatchisi (2003); Qirgʻiziston Respublikasi davlat xizmatining II darajali davlat maslahatchisi (2005); Qirgʻiziston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2008); Qirgʻiziston Respublikasi xalq yozuvchisi (2011) kabi unvonlar bilan taqdirlangan.

Xalqaro turk madaniyati tashkiloti

Bosh qarorgohi Anqarada joylashgan TURKSOY- Xalqaro turk madaniyati tashkiloti 1993 yilda tashkil etilgan. Ushbu tashkilotga Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston va Turkmaniston aʼzodir.

TURKSOYning asosiy maqsadi turkiy dunyoning madaniy aloqalarini yaxshilash va rivojlantirish, shuningdek, uni dunyoga tanitish, madaniy integratsiya jarayonini faollashtirishdan iborat.

Yangiliklar