qirgiziston-milli-tarix-muzeyi

Qirg'iziston Milli tarix muzeyi

Qirg'iz xalqining g'ururi bo'lmish tarixiy va madaniy boyliklari muhofaza qilinuvchu ushbu muzey poytaxt Bishkekda joylashgan.

27 Mart 2022 10:38

Bishkekning bosh maydonida joylashgan muzey 1925 yilda Qirg‘iziston markaziy muzeyi sifatida tashkil etilgan.

Ko'p marta nomi o'zgartirilgan muzey asoschisi etnograf Saul Abramzondir.

1925-1933 yillarda Qirgʻiziston markaziy muzeyi deb atalgan muzeyning nomi 1933 yilda Davlat oʻlkashunoslik muzeyiga oʻzgartirildi.

U 1943-1954 yillarda Milliy madaniyat muzeyi sifatida xizmat qilgan.

1954-yilda mazkur muzey Qirgʻiziston SSR (Sovet Sotsialistik Respublikasi) “Davlat tarix muzeyi”ga aylantirildi.

Muzeyda Qirgʻiziston Respublikasining qadimgi paleolit ​​davridan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixini aks ettiruvchi 10 mingga yaqin eksponatlar namoyish etilgan. Ushbu ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi eng yaxshi muzeylardan biri sanaladi.

Muzeyning tashqi ko'rinishini ta'mirlash va ko'kalamzorlashtirish ishlari TIKA (THMA) tomonidan amalga oshirilgan. Qirg'iziston bo'ylab ko'plab sohalarda muhim loyihalarni amalga oshirgan TIKA, Milliy tarix muzeyini yangilash vazifasini ham o'z zimmasiga oldi.

Milliy tarix muzeyi 2016-yilda ta’mirlash ishlari tufayli yopiq edi.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida muzeyning tashqi ko‘rinishi ta’mirlandi. Muzey atrofiga yoritish tizimi o‘rnatildi.

Loyihaning ikkinchi bosqichida muzeyning ichki qismi ta’mirlanib, qayta tashkil etildi.

5,5 yil davomida ta’mirlangan Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyi 2021-yil noyabr oyida o‘z eshiklarini tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochdi.

 

 

Yangiliklar