qirgiziston-poytaxti-bishkekda-otkazilgan-qirgiziston-turkiya-manas-universit

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda o'tkazilgan Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi nihoyasiga yetdi

Simpozium qatnashchilariga sertifikat va sovg'alarini topshirish bilan yakunlandi

19 Mart 2021 15:09

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi tomonidan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi tashkil etildi.

Simpozium Turkiya Buyuk Millat Majlisi qurilishining 100 yilligi, Turkiy tilli davlatlar mustaqilligini qo'lga kiritilishining 100 yilligi va "2021 yil -Mehmet Akif Erso’y va Turkiya milliy madhiyasi yili"ga bag’ishlangan.

Simpoziumning "Turk dunyosining kelajak istiqbollari va imkoniyatlar" mavzusidagi so'nggi sessiyada Qirg'izistonning "Ata Vatan" partiyasi deputati Kanibek Imanaliyev so’zga chiqdi.

Turkiyaning Adolat va Tarraqiyot partiyasi deputati Mustafo Janbey esa 18 mart kuni bo'lib o'tgan Chanoqqala dengiz g'alabasining 106 yilligi munosabati bilan o'sha davrda yozilgan ikki maktubning mazmunini izohladi.

Janbey, "Turkiya bilan mushtarak til, din, madaniyat, tarixga ega bo’lgan  turkiyzabon davlatlar bilan munosabatlarga alohida ahamiyat beramiz", -dedi.

Qirg’iziston - Turkiya Manas universiteti tomonidan uyushtirilgan ikki kunlik simpoziumni baholagan TURKPA Turkiya Delegatsiyasi a'zosi va Adolat va Taraqqiyot partiyasining Istanbul deputati Ismet Uchma, "Turk dunyosi davlatlari o'rtasida birdamlikni saqlash juda katta ahmiyatga ega",- dedi.

Ismet Uchma simpoziumda akademiklarga, QTMU ma'muriyatiga va TURKPAga turk dunyosiga o'z bilimlari va sa'y-harakatlari bilan qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Turk dunyosining tarixi, madaniyati va merosini himoya qilinishi va bu qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazilishi zarurligini ta’kidlagan TURKPA Bosh kotibi Oltinbek Mamayusupov simpozium ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

QTMU rektori Alpaslan Jeylan simpoziumda taqdim etilgan maqolalar kitob sifatida nashr etilishini bildirgan.

Simpozium TURKPA qatnashchilariga sertifikat va sovg'alarini topshirish bilan o’z nihoyasiga yetdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar