qirgiziston-poytaxti-bishkekda-qirgiziston-turkiya-manas-universiteti-va-turki

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi bo'lib o'tdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Aloqa bo'limi rahbari Fahrettin Altun simpoziumga videomurojaat yubordi

17 Mart 2021 17:55

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi bo'lib o'tdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Aloqa bo'limi rahbari Fahrettin Altun simpoziumga videomurojaat yubordi. F. Altun turk xalqi tarixda bir qator davlatlarga asos solganini va o'z mustaqilligini asrab-avaylaganini ta'kidlab, ko'p asrlarni bosib o'tgan va asrlar davomida o'z qadriyatlarini saqlab qolgan turk millatining o'g'li bo'lish katta baxt ekanligini aytdi.

F. Altun o’z nutqida 2021 yilda turkiy tilli davlatlar o’z mustaqilligining 30 yilligini, Turkiya Respublikasi esa 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotganligiga diqqat qaratdi.

F. Altun turkiy tilli xalqlarning bir-birini qo'llab-quvvatlashi hamda yaxshi va yomon kunda bir-birining yonida turishi zarurligini ta’kidladi.

"Turkiya dunyoga adolatni qo'llab-quvvatlashini isbotladi"

F. Altun, Turkiya yordam so'ragan biror bir mamlakatni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortmaganligiga diqqat qaratdi.

“Biz Bosniyadan Somaligacha bo'lgan qator hududlarda tinchlik uchun qanday xizmat qilgan bo’lsak, xuddi mana shu sabablarga ko'ra biz hozirda Liviyaning qonuniy hukumatini qo'llab-quvvatlamoqdamiz. 2019 yilda Turkiya va Liviya o'rtasida erishilgan kelishuv natijasida nafaqat ikki davlat, balki mintaqadagi barcha davlatlarning huquqlari himoya qilindi.

Shartnoma asosida Xaftarning chel el kuchlari tomonidan qo’llab quvvatlangan hujumlari qaytarildi va ularning jinoyatlari fosh etildi. Shu tarzda Turkiya butun dunyoga faqatgina adolatni qo'llab-quvvatlashini yana bir bor namoyish etti”,-dedi u.

O'z navbatida u Turkiya Kavkaz va Markaziy Osiyodagi birodarlarini har doim qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tgan.

F. Altun Qirg'iziston-Turkiya Manas universitetining mushtarak til va g'oyalarini yoshlarga yetkazib berishda katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratgan. U tadbirni tashkillashtirgani uchun ham Qirg'iz-Turk Manas universitetiga minnatdorchilik bildirdi va turkiy tilli xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo'shadigan barcha institutlarni qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi.

Yangiliklar