qirgiziston-turkiya-manas-universiteti-dunyoning-eng-yaxshi-universitetlari-ro

Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari ro’yxatidan joy oldi

Turkiyaning ta'lim sohasidagi eng muhim loyihalaridan biri bo'lgan Qirg'iziston-Turkiya Manas Universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari ro'yxatiga kirdi.

09 Haziran 2022 17:21

Britaniyaning QS ta’lim konsalting kompaniyasi tomonidan jahon universitetlari reytingining 2023 yilgi ro’yxati e’lon qilindi.

QS, universitetlarni "Akademik nufuz'", "O'qituvchilar soni bo'yicha universitet ilmiy ishlarining iqtibos indeksi", "Xalqaro tadqiqot tarmog'i", "Chet ellik talabalar soni" kabi  ko'rsatkichlar bo'yicha baholadi.

2462 ta universitet orasidan dunyoning eng yaxshi 1422 universitetini aniqlagan QS 2022-yilgi reytingida Qirg’iziston-Turkiya Manas universiteti 801-o’rinni egallagan.

Manas universiteti mamlakat tarixida iz qoldirdi

Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti Qirg'izistondagi jahon universitetlari reytingiga kirgan birinchi va yagona universitet sifatida o'z nomini mamlakat oliy ta'lim tarixiga yozdirdi.

Manas universiteti  bayonotida ushbu oliygohning Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan 24 ta universitet orasida 7-o‘rinni egallab, ushbu reytingga kiritilganligi qayd etildi.

Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasida 1995-yil 30-sentabrda Izmirda imzolangan shartnoma bilan alohida maqomga ega davlat universiteti sifatida tashkil etilgan Manas oliygohida 6500 nafar talaba tahsil oladi.

Yangiliklar