qirgizistonda-tabiat-turizmi

Qirg'izistonda tabiat turizmi

Qirg'iziston tabiat go'zalligidan bahramand bo'lish uchun kelayotgan turistlar soni kundan-kunga ortib bormoqda

29 Mayıs 2022 12:56

Qirg'iziston betakror tog' va adirlarga boy.

May oyining oxiridan boshlab adir turizm mavsumi boshlanadi. Yam-yashil o'rmonlar, katta bog'lar, turli xil o'simliklar, uzumzorlar, archa o'rmonlari va boshqa ko'plab go'zalliklarni o'z ichiga olgan adirlar tashrif buyuruvchilarga ajoyib  manzarani taqdim etadi.

Tog' turizmini afzal ko'rgan sayyohlar qirg'iz milliy chodirida qolishadi.

Ular ot sutidan tayyorlanadigan, qirg‘iz dasturxonlarining ajralmas ichimliki bo‘lgan qimizni tatib ko‘radi. Cho‘ponlarning qiziqarli turmush tarzini o‘rganadi, burgutlar bilan ov qiladi, otda botanika-zoologiya bog‘lariga sayohatlar tashkil etishadi. Shuningdek,  ular ot minish, barbekyu, tog'da sayr qilish, tog'da an'anaviy o'yinlar bilan ham shug’ullanishadi.

Yangiliklar