qirgizistondagi-sumalak-ananasi

Qirg'izistondagi sumalak an'anasi

Sumalak – faqatgina taom emas, bu xalqnı biralshtiruvchi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatni yoqlovchi an’ana unsuri, o’yin-kulgu, xalq o’g’zaki ijodini jonlantiruvchi omildir

20 Mart 2021 14:24

Navro’z – bu yangi yilning boshlanishidir. Eski taqvim bo'yicha yangi yil 21 mart kuni nishonlanadi. Navro’z-turkiyzabon xalqlar madaniyatida katta ahmiyat kasb etadi.

Sharqning qadimgi xalqlarida, shu jumladan qirg'izlarda ham kecha va kunduzning  tenglashishi Yangi yil – Navro’z  bayrami sifatida nishonlangan.

Navro’zda  tayyorlanadigan taomlardan biri bu - sumalakdir.

Sumalak – faqatgina taom emas, bu xalqnı biralshtiruvchi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatni yoqlovchi an’ana unsuri, o’yin-kulgu, xalq o’g’zaki ijodini jonlantiruvchi omildir.

Qirg’izistonda ham Sumalakni tayyorlash Navro’zdan 10-15 kun oldin boshlanadi.

Avvalo, sifatli bug'doy tanlanadi, yuviladi va bir kun ivitiladi. Bug'doy unib chiqqach u eziladi va sumalak tayyorlash boshlanadi.

Oqsoqollar Qur'on o'qib, duolar bilan  sumalak tayyorlashga kirishadilar.

Navro’z kuni qishloqning yoshi ulug’lari sumalak tayyorlanadigan uyga taklif qilinadi. Ular un, mayiz, o'rik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib, idishda maydalab, sumalak pishirish uchun olov yoqishadi.

Sumalak 12 soat davomida qaynatiladi. Sumalak pishirilgach, qozon qopqog’i yopiladi va 5-6 soat mana shu zayilda qoldiriladi. Qishloq oqsoqollari va buvilari kelib, Qur'on o'qib, marhumlarga duo qilgandan so'ng, qozonning qopqog'i ochildi.

Sumalakni pishirishdan asosiy maqsad uni barchaga tarqatish orqali ezgulik ulashish va ularning minnatdorligi va savobini olishdir.

Sumalak pishayotganda xalq  o'yinlar o'ynaladi va qo'shiqlar, raqslar ijro etiladi.

Navro’zda insonlar  xalq farovonligi va tinchlik uchun ibodat qilishadi, har bir oila turli tuman taom tayyorlaydi va bir-birga tarqatadi.

Navro’zda yangi liboslar kiyiladi, ezgu tilaklar bildiriladi. Barcha yoshu-qari birlashib, milliy o'yinlarni o'ynashadi.

Yangiliklar