qirgizistondagi-yetti-ho-kiz-vodiysi-va-ertak-darasi

Qirg'izistondagi "Yetti Ho’kiz"  vodiysi va  "Ertak" darasi

Qirg'izistondagi Yetti Ho’kiz  vodiysi va  Ertak darasi ko’plab xorijlik sayyohlarni jalb qilib kelmoqda

30 Mart 2021 15:18

 

Qirg'izistondagi “Yetti Ho’kiz”  vodiysi va  “Ertak” darasi ko’plab xorijlik sayyohlarni jalb qilib kelmoqda.

“Yetti Ho’kiz” vodiysi Issiq ko'lning janubiy qirg'og'ida, Ala Too tog'lari yonbag'rida joylashgan.

Nomini uning kirish qismidagi yonma-yon yotgan ho'kizlarga o'xshash qizil tepaliklardan olgan vodiy, o'rtasidan bo'lingan yurakni eslatuvchi tepalik bilan ham sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi.

Ushbu tepalikka, ayniqsa, turmush qurgan juftliklar ko’p tashrif buyurishadi.

Tog'lar, qarag'ay o'rmonlari, sharsharalar va toza havo kabi tabiiy boyliklari bilan vodiy mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun  Qirg’izistondagi eng muhim turistik makonlardan biridir.

Vodiyda sayyohlarga turar joy sifatida   milliy chodirlar taklif etiladi. Bu yerda sayyohlar ot suti bilan tabiiy usulda o’z sog’lig’ini mustahkamlash imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

Vodiydagi qarag'ay o'rmonlari va balandligi 40 metr bo'lgan sharshara mahalliy va xorijiy sayyohlarga yoz oylarida ham salqin havoda  sayr qilishga imkon beradi.

 

"Ertak" darasi

 

"Ertak" darasi ham Issiq ko'lining janubiy qirg'og'ida, viloyat markazi Qorako'ldan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Daraning nomi ming yillik yemirilish natijasida tepaliklarning ertak hayvonlari va saroylarini eslatuvchi shakllarga kirganidan kelib chiqqan.

“Ertak” darasidagi besh kilometr uzunlikdagi "Xitoy devori", fil, begemot va ilon kabi hayvonlarni eslatuvchi shakllar sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi.

 

Yangiliklar