qirgizistonning-betakror-koli-issiqkol

Qirg'izistonning betakror ko'li - Issiqko'l

Ko'lning go'zalligi, tiniqligi va toza havosi yildan –yilga yanada ko’proq sayyohlarni jalb etmoqda

08 Mayıs 2021 17:37

Issiqko'l toza suvi, qumli plyajlari, tabiati va mazali baliqlari bilan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.

Issiqko'l Qirg’iziston respublikaning shimoliy-sharqida dengiz sathidan 1608 metr balandlikda joylashgan. Issiqko'lni  tog'lar o'rab turadi.

Issiqko'l Qirg'izistondagi eng katta ko'ldir. Shuningdek dunyoda eng katta 25 ko'ldan biri hisoblanadi. Issiqko'lning nomi suvining iliq haroratidan kelib chiqqan.

Issiqko’l sohilining umumiy uzunligi 688 kilometr, ko'lning o'rtacha chuqurligi esa 278 metr bo’lib, eng chuqur joyi 668 metrni tashkil etadi.

Issiqko'lga turli mamlakatlardan turistlar va alpinistlar kelishadi. Ko'lning go'zalligi, tiniqligi va toza havosi yildan –yilga yanada ko’proq sayyohlarni jalb etmoqda.

 

Yangiliklar