qirgizistonning-masshur-ala-too-maydoni

Qirg'izistonning masshur Ala-too maydoni

Ala-too maydoni poytaxt Bishkekning ramziga aylangan

04 Temmuz 2022 13:16

"Ala-Too" maydoni - Bishkekning ramziga aylangan

Maydon A. O'rozbekov - A. S. Pushkin - I. Razzoqov - Kiev ko'chalari bilan chegaralangan.

Maydonning qurilishi 1984 yil yakunlandi.

Maydon markaziga Manas haykali o'rnatilgan.

Katta favvoralar esa maydonga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi.

Maydonda tarix muzeyi, istirohat bog‘i, do‘stlik monumenti, ochiq osmon ostidagi san’at muzeyi va boshqa ko‘plab madaniyat va dam olish maskanlari mavjud.

Qirg’iziston Parlamenti binosi ham maydon yaqinida joylashgan.

Maydon o‘rtasidagi bayroq ustunining balandligi 45 metrni tashkil qiladi. U askarlar tomonidan qo'riqlanadi.

Shahardagi barcha bayram tadbirlari yuqori saviyada aynan shu maydonda o‘tkaziladi.

Kundalik hayotda alohida o‘rin tutgan maydonda yilning deyarli har mavsumida turli sayil va tadbirlar o‘tkazilib, mahalliy bozorlar tashkil etiladi.

Yangiliklar