qirgizlarning-ayollar-milliy-bosh-kiyimlari

Qirg'izlarning ayollar milliy bosh kiyimlari

Qirg‘iz milliy bosh kiyimlari xalqning madaniy merosi, an’analari va mavqeini aks ettiradi.

28 Nisan 2022 14:56

 

Qirg‘izlarda ayollarning bosh kiyimlari jismonan himoyadan tashqari, shaxs va mavqeni aniqlash uchun ishlatilgan.

Takiya

Takiya yosh qizlar kiyadigan bosh kiyimning bir turi edi. U asosan oq rangda kigizdan tayyorlangan bo'lib, rangi oq bo'lishi poklik ifodalaydi. Qiz ulg‘aygan sari “Takiya” qirg‘iz naqshlari bilan bezatilgan.

Uku to'pi

Bu bosh kiyimi nikoh yoshiga yetgan va hali  unashtirilmagan yosh qizlar tomonidan kiyiladigan bosh kiyimning bir turi edi.

Undagi boyo'g'li patlar yosh qizning oilada nechinchi farzand ekanligini anglatgan.

Ushbu bosh kiyimdagi munchoqlar otasining boyligini, bo‘yi esa jamiyatdagi mavqeini ko‘rsatardi.

Shokulo

Shokulo — unashtirilgan qizlar kiyadigan bosh kiyim turi.

Konus shaklidagi "Shokulo" kuyovning oilasi tomonidan tayyorlanadi va unashtirilgan kuni yosh qizga beriladi.

"Shokulo" bezaklari kuyovning mol-mulkini ifodalagan.

Elechak

To‘y kuni yosh qizlar “Shokulo”ni yechib, “Elechek” kiyishadi.  Ayollar ushbu bosh kiyimni vafot etgunicha saqlagan.

Elechek - bu ayollarning oiladagi mavqei va nasl-nasabini ifodalovchi an'anaviy bosh kiyimi hisoblanadi.

Elecek ko'chmanchi hayot kechirgan qirg'izlar uchun juda qadrlidir.  Ko’chish davrida tug‘ilgan chaqaloqlar ushbu bosh kiyimdan yirtilgan oq matoga o‘ralgan.  Shuningdek ko’chish vaqtida undagi matodan kafan sifatida foydalanilgan.

Yangiliklar