qiz-kuumay-qirgiz-xalqining-eng-qadimgi-va-qiziqarli-oyinlaridan-biridir

Qiz Kuumay qirg'iz xalqining eng qadimgi va qiziqarli o'yinlaridan biridir

Qiz Kuumay — qirgʻiz xalqining otda oʻynaladigan milliy oʻyini

15 Nisan 2022 15:24

Qiz Kuumay qirg'iz xalqining eng qadimgi va qiziqarli o'yinlaridan biridir.

Qirg‘iz xalqi bu o‘yinni ko‘pincha to’ylarda , ziyofat va bayramlarda o‘ynagan.

Ko‘chmanchi turmush tarzini o‘zlashtirgan qirg‘iz xalqi hayotida ot alohida ahamiyatga ega bo’lgan.

Qirgʻiz milliy oʻyinlaridan biri “qiz Kuumay” otda oʻynaladigan oʻyindir.

Avloddan-avlodga meros bo'lib qolgan bu o'yin qirg'iz xalqi uchun eng mashhur va qiziqarli o'yinlardan biridir.

O'YIN QOIDALARI

O'yinni 1 yigit va 1 qiz o'ynaydi.

U bir yoki ikki bosqichdan iborat.

Qoidaga ko‘ra, qiz o‘zi minadigan otni tanlaydi va raqibidan bir necha metr oldinda turib, otga minib qochib keta boshlaydi.

Keyin yigit uni quvib, ushlashga harakat qiladi.

Agar u marraga yetguncha qizni ushlab olsa, unga turmush qurishni taklif qiladi.

Unga yetolmasa, qizga uylanish imkoniyatini yo‘qotadi.

Agar yigit qizni ushlay olmasa, o'yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Bu safar qiz yigitni quvadi.

Qiz yigitga yetib olsa,  yiğit qo‘y so‘yib, o‘yin ko‘rgani kelganlarga taom tortiq qilishi kerak bo’ladi.

 

Yangiliklar