qoraqalpog-istonda-favqulodda-holat-e-lon-qilindi

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat e’lon qilindi

Soat 21:00 dan 7:00 gacha belgilangan komendantlik soati 1 oy davom etadi

03 Temmuz 2022 10:13

O‘zbekistondagi Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi maqomini o‘zgartirish takliflari mintaqada  turli noroziliklarni keltirib chiqardi.

O'zgartirishga qarshi chiqqan ba’zi  guruhlar norozilik namoyishlari o’tkazdi.

Shundan keyin Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat eʼlon qilindi.

Davlat rahbari esa “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi e’lon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tkazilishini alohida ta’kidlagan.

Favqulodda holat bir oy davom etadi

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston bo‘ylab soat 21:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amal qiladi.

Ushbu hudud aholisining harakat erkinligi cheklanadi.

Kollektiv tadbirlar, jumladan, sport va ko'ngilochar tadbirlar o'tkazilmaydi.

3 iyul soat 00:01 dan boshlangan favqulodda holat 2 avgustgacha davom etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev xalq fikridan kelib chiqib, Qoraqalpogʻistonning maqomi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy moddalar oʻzgartirilmasligini maʼlum qilgan.

Yangiliklar