21 Temmuz 2022 11:13
O‘zbekiston konstitutsiyasidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi bilan bog‘liq moddalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ayrim takliflardan keyin, 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.
Oʻzbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmon bilan Qoraqalpog’istonda 2-iyuldan 2-avgustgacha eʼlon qilingan favqulodda holat bugun soat 05:00 da tugatildi.
Qoraqalpog‘iston Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatdagi jamoat tartibini hisobga olgan holda, favqulodda holat doirasida Qoraqalpog‘iston bo‘ylab joriy qilingan soat 21.00 dan 07.00 gacha komendantlik soati bekor qilindi.
Farmonga ko‘ra, viloyatdagi muhim bino va inshootlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘riqlash, fuqarolarning erkin harakatlanishini cheklash, shu jumladan, transport vositalarida fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi tekshiruvlardan o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish va chiqishni cheklash bekor qilindi.
Qoraqalpog'istondagi voqealar
Eslatib o‘tamiz, 1-2 iyul kunlari O‘zbekistondagi Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi maqomini o‘zgartirish takliflari mintaqada turli noroziliklarni keltirib chiqargan edi.
Nukus shahrida ro‘y bergan tartibsizliklardan keyin, prezident Qoraqalpog‘iston hududida bir oy muddatga favqulodda holat rejimi joriy etgan edi.
Qoraqalpog‘iston bo‘ylab 3 iyul kuni boshlangan favqulodda holat 2 avgustgacha davom etishi belgilangan.
13 iyul kuni esa favqulodda holat rejimi yumshatilgan edi.