qozog-istonning-madaniy-poytaxti-olmaota-shahrining-eng-mashhur-binolaridan-biri

Qozogʻistonning madaniy poytaxti Olmaota shahrining eng mashhur binolaridan biri: Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat akademik opera va balet teatri.

Yevroosiyodagi eng yirik va barkamol teatrlardan biri bo‘lgan Abay teatri sahna san’ati ustalari bilan birga yosh iste’dodli kadrlarni ham tayyorlaydi.

23 Nisan 2022 11:52

Teatr 1933-yil 29-sentyabrda Olmaota shahrida ellik nafar aktyor, yigirma nafar simfonik musiqachi va oʻn ikki nafar qozoq milliy orkestri musiqachisidan iborat musiqa studiyasi sifatida tashkil etilgan.

1934-yil 13-yanvarda Muhtor Auyezov qalamiga mansub “Ayman-Sho‘lpan” spektakli musiqali komediya tarzida sahnalashtirilgan.

Ushbu spektaklning sahnalashtirilishi Qozog'iston opera va balet teatriga asos solgan hisoblanadi.

1941 yil 7 noyabrda teatr  hozirgi  binosiga ko'chib o'tdi va o'sha yili teatrga "Akademiya" maqomi berildi.

1945 yildan beri teatr qozoq ziyolisi, shoiri, gumanist, faylasuf, bastakor, soʻz ustasi Abay Kunanbayogʻlu nomi  bilan atalmoqda.

1995-2000-yillarda teatr binosida asosiy meʼmoriy uslub saqlanib qolgan holda umumiy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Italiya klassikasi Qozog'iston me'morchiligida milliy shaklning an'anaviy elementlari bilan uyg'unlashgan.

Qozoq xalq amaliy san’ati an’analarining boyligi va rang-barangligidan teatrning  interyerlarida ham foydalanilgan.

Bugungi kunda teatr repertuarida “Abay”, “Aida”, “Abilay Xan”, “Aysulu, Birjan va Sara”, “Enlik Kebek” operalari, “Anna Karenina”, “Bog’chasaroy favvorasi”, “Romeo va Juletta”, “Muhabbat afsonasi” kabi balet spektakllari sahnalashtirilmoqda.

Yangiliklar