qozogiston-2009-yildan-beri-uran-ishlab-chiqarish-boyicha-dunyoda-yetakchi-o

Qozog'iston 2009 yildan beri uran ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda

Ayni paytda Qozog'iston nafaqat tabiiy uranni qazib olish va yetkazib berish, balki undan yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan uran mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga ham katta qiziqish ko’rsatmoqda

16 Mart 2021 19:01

Qozog'istonda Bosh vazir Asqar Mamin boshchiligidagi Vazirlar Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida Qozog'iston Respublikasi Energetika vaziri Nurlan No'gaev uran qazib olish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida hisobot berdi.

Vazirning so'zlariga ko'ra, 1997 yilda Qozog'iston yiliga 796 tonna uran ishlab chiqargan bo'lsa, hozirda 19,5 ming tonna ishlab chiqarilmoqda. Qozog'iston 2009 yildan beri uran ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda.

Yangiliklar