qozogiston-poytaxtida-navro-z-bayrami-oldidan-qoshimcha-cheklov-choralari-jori

Qozog'iston poytaxtida Navro’z bayrami oldidan qo'shimcha cheklov choralari joriy etildi

Qozog'iston poytaxti Nur-Sultonda epidemiologik vaziyatning yanada keskinlashishining oldini olish uchun qo'shimcha cheklov choralari joriy etildi

16 Mart 2021 15:06

Ma’lumki Nur-Sulton shahri bir necha kun oldin "qizil hudud" ro’yxatiga kiritilgan edi.

Qozog'iston poytaxti Nur-Sultonning bosh shifokori Sarxat Beysenovaning aytishicha, epidemiologik vaziyatning yanada keskinlashishiga yo'l qo'ymaslik uchun poytaxtda Navro’z bayrami oldidan qo'shimcha cheklov choralari joriy etildi. Mana shu maqsadda 18 martdan boshlab Nur-Sultondagi kinoteatrlar yopiladi va Navro’zga bag'ishlangan tadbirlar taqiqlanadi.

21 mart, yakshanba kuni poytaxtda jamoat transporti yopiq bo'ladi. Savdo markazlari, ko'ngil ochar joylar va sport zallari yopiladi.

Kafe va restoranlar faqat cheklangan vaqtga ochiq bo’ladi. Mamlakatda 95 mingdan ortiq odam emlandi

Qozog'istonda ommaviy emlash kampaniyasi boshlangan 1 fevraldan buyon 95 mingdan ortiq odam emlangan. Bu haqda Qozog'iston Bosh vaziri Asqar Mamin Vazirlar Kengashi yig'ilishidan so'ng ma’lumot bergan.

Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'istonda ohirgi 1 kunda yana 954 kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan beri koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 225 ming 685 kishiga yetdi.

 

Yangiliklar