qozogistonda-harbiy-samolyot-qulab-tushdi

Qozog'istonda harbiy samolyot qulab tushdi

Qozog'istonda harbiy samolyot qulashi natijasida 4 kishi halok bo'ldi

13 Mart 2021 17:18

Olmaota aeroportining bayonot berishicha, soat 17-20da Nur-Sulton-Olmaota yo'nalishida parvoz qilgan An-26 rusumidagi harbiy samolyot radardan yo'qolib qolgan. Qozog'iston Millig axborot xavfsizligi qo'mitasi chegara xizmatlariga tegishli mazkur samolyotning qo'nayotganda qulab tushganligini ma'lum qildi.

Samolyotda bo'lgan 6 kishidan 4 nafari hayotdan Ko'z yumdi. 2 kishi esa shifoxonaga yotqizildi.

Olmaota favqulotda holatlar bo'limi ushbu halokatni tadqiq qilish uchun mazkur hududga maxsus jamoa yuborilganligi e'lon qildi.

Yangiliklar