qozogistonda-nursultonning-24-yoshi-nishonlandi

Qozog'istonda Nursultonning 24 yoshi nishonlandi

Qozog'iston poytaxti Nursulton 24 yoshda.

09 Temmuz 2022 17:33

Qozog‘istonda 6 iyul poytaxt kuni munosabati bilan dam olish kuni den e'lon qilingan.

Nursulton bundan  24 yil avval dashtda qurila boshlagan.

Kovid-19 tufayli 3 yildan buyon poytaxt kuni tadbirlari cheklangan edi.

 Bu yil esa poytaxt kuni bu yirik bayram tadbirlari bilan nishonlandi.

Ushbu kunda yirik konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, bolalar uchun turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilgan.

Nursultonning qurilishi

1991-yil 16-dekabrda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan Qozogʻiston 1997 yilda mamlakat poytaxtini janubdagi Olmaotadan shimoldagi Oqmoʻlaga koʻchirishga qaror qildi.

Hukumat a’zolari, parlament a’zolari va ziyolilarning keskin tanqidiga qaramay, yuqorida tilga olingan qarorni mamlakatning o‘sha paytdagi prezidenti Nursulton Nazarboyev imzolagan edi.

Shunday qilib, qishi qattiq, ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmasi rivojlanmagan kichik shahar bo'lgan Oqmola Qozog'iston poytaxti sifatida qayta qurila boshlandi.

1998 yilda shahar nomi qozoqcha poytaxt degan ma'noni anglatuvchi Ostona deb o'zgartirildi.

Shahar qurilishida Norman Foster, Kisho Kurokava kabi dunyoga mashhur me’morlar ishtirok etgan.

Avvaliga shahar aholisi 300 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan bu raqam 1,2 millionga yetdi.

N. Nazarboyev 2019-yilning 19-martida prezidentlikdan iste’foga chiqqanidan so‘ng, Ostona nomi mamlakat parlamenti tomonidan Nur Sultonga o‘zgartirildi.

 

 

 

Yangiliklar