09 Mayıs 2021 18:47
Buyratau milliy tabiat bog'i Qozog'iston poytaxti Nur Sultondan 135 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Davlat tomonidan 2011 yilda maxsus muhofaza qilinadigan hudud ro’yxatiga olingan ushbu park 89 ming gektar maydonni egallaydi.
Mazkur tabiat parki asrlar davomida dashtning qattiq shamollari tomonidan shakllangan jarlik va qoyalar bilan mahalliy va xorijiy sayyohlar e'tiborini tortmoqda.
Bu yerdagi turli qiziqarli shakllarga ega jami 16 ta qoya joylashgan maydon "lochinlar tepaligi" deb ham nomlanadi.
Parkda 400 gektar tabiiy hayot muhiti mavjud bo'lib, u yerda yovvoyi hayvonlar - arxar, kiyik, bo'ri, tulki yashaydi.
Qarag'ay va qayin daraxtzorlari bo’lgan ushbu tabiat bog'ida 160 turdagi qushlar bo’lib, ulardan 20 tasi noyob qush turlari hisoblanadi.
Shuningdek, bu yerda 250 turdagi shifobaxsh o'simlik mavjud.