qozogistondagi-mashhur-boyterak-minorasi

Qozog'istondagi mashhur Boyterak minorasi

Boyterak minorasi 1997-yildan buyon Nursulton shahrining ramziga aylangan

05 Mart 2022 10:45

Turk mifologiyasida muqaddas hisoblangan va turkiy qabilalarning umumiy qadriyatlarini tashkil etuvchi ko'plab e'tiqodlar mavjud. Ulardan biri hayot daraxtidir. Turk mifologiyasida hayot daraxti yer bilan osmon o‘rtasidagi ko‘prikdir. Afsonaviy Semruh qushining tuxumi esa quyosh, ezgulik va nur ramzidir.

Boyterak minorasi

Boyterek minorasi Semruh qushi va hayot daraxtining tasviridan yaratilgan noyob sanʼat asaridir.

Uning tuzilishi hayot daraxtini, tepadagi oltin to'p esa quyoshni, Semruh qushining tuxunini  ifodalaydi.

Minora Nursultonning asosiy ramzlaridan biridir. Boyterak balandligi 97 metrni tashkil qiladi, bu Nursulton (sobiq Ostona) poytaxt bo'lgan yilga ko2ra belgilangan.

Minoradan siz butun shaharni ko'rishingiz mumkin. Minora tepasidagi oltin sharning diametri 22 metrni tashkil qiladi. Umumiy og'irligi 70 tonnani tashkil qiladi.

Dizayni va g‘oyalari bilan ko‘plab xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan Boyterak minorasini shaharning har bir burchagidan ko‘rish mumkin.

 

 

Yangiliklar