qozogistondagi-muzeylardan-birida-ikki-ming-yillik-jilov-va-egar-saqlanmoqda

Qozog'istondagi muzeylardan birida ikki ming yillik jilov va egar saqlanmoqda

Qozog‘istonning Kaspiy dengizi sohilidagi Mang‘istau viloyatining ma’muriy markazi Aktau shahridagi Abish Kekilbayev nomidagi muzeyda 2000 yillik Hun askariga oid sof oltin va kumushdan yasalgan jilov va egar koʻrgazmaga qoʻyilgan.

17 Temmuz 2022 13:10

Mashhur qozoq yozuvchisi Abish Kekilbayev nomi bilan.ataluvchi muzey 57 mingga yaqin asarga ega.

Muzeyda, shuningdek, 2014-yilda Mang‘istaudagi “Oltin g‘oz” qazilmasida topilgan 97 ta Hun davri  buyumlari  ham mavjud.

Bular orasida milodiy V asrda Hun askarlari ishlatgan sof oltin va kumushdan yasalgan egar va jilov alohida ahamiyatga ega.

Muzeyga har yili  yuzlab kishi kelib, 2000 yillik Hun askarining jilovi va egarini ko‘rishadi.

Abish Kekilbayev muzeyi mutaxassisi Bakitjan Kudaybergenuli, bir Hun jangchisiga oid jilov va egarning muzeyning eng sevimli asarlaridan biri  ekanligini ta'kidlaydi 

Kudaybergenuli hunlarning ot ustida yashaydigan jangchi xalq ekanligini eslatib:

“Oʻsha davrda askar halok boʻlganida, uni minadigan oti bilan birga dafn etish keng tarqalgan.

Bu egar va jilov ham Hun askarining otiga tegishli bo'lgan.

Ushbu qadimiy egarga  hayvon tasvirlari chizilgan”,-deydi.

Ot jilovi sof oltindan, egar esa kumushdan yasalganini ifoda etgan Kudaybergenuli ushbu tarixiy qimmatbaho asar muzeyda alohida parvarish bilan saqlanib kelinayotganini aytgan.

Yangiliklar