qozogistondagi-otamakon-ochiq-havo-muzeyi

Qozog'istondagi Otamakon ochiq havo muzeyi

Otamakon muzeyi 1.7 gektar maydonga ega.

26 Haziran 2022 11:04

Qozog'iston geografik jihatdan dunyoda to'qqizinchi yirik davlatdir.

Poytaxt Nursultonda joylashgan Otamakon ochiq osmon ostidagi muzeyi 1,7 gektar maydonni egallaydi, ushbu muzeyda butun mamlakat boʻylab mavjud tarixiy va diqqatga sazovor zamonaviy  makonlarning maketlashtirilgan  nusxasi mavjud.

 Majmuada Qozog‘istonning geografik joylashuvi va iqlim sharoiti ham aks ettirilgan.

Muzeyda 200 dan ortiq arxitektura-monumental bino va obidalarning maketlari mavjud.

Ushbu muzey Qozog‘istonda turizmni jonlantirish va tashrif buyuruvchilarni turli joylarni ko‘rishga  tashviq qilish uchun qurilgan.

Shuningdek, uning asosiy maqsadi xalqni tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlar bilan tanishtirish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash, madaniy yutuqlarni rag'batlantirish va barcha tabiiy hududlarning ranglarini aks ettirishdir.

Qozog‘istonning eng muhim diqqatga sazovor joylari, mamlakat tabiati va landshaftlari, arxitekturasi va transport tarmoqlari ham bu yerdagi xaritada yaqqol ko‘rinib turadi.

Yangiliklar