qozogistonlik-20-yoshli-dj-imanbek-zaykenov-yilning-eng-yaxshi-remiksi-uchun

Qozog'istonlik 20 yoshli DJ Imanbek Zaykenov "Yilning eng yaxshi remiksi" uchun "Grammy" mukofotiga sazovor bo'ldi

Imanbek Zaykenov nufuzli Grammy mukofotiga sazovor bo'lgan birinchi qozog'istonlik bo'ldi

15 Mart 2021 21:47

Grammy mukofotlarining navbatdagi taqdimoti AQShning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tdi. Pandemiya sababli tomoshabinlarni marosimga kiritishmadi.

Qozog'istonlik 20 yoshli DJ Imanbek Zaykenov "Yilning eng yaxshi remiksi" uchun "Grammy" mukofotiga sazovor bo'ldi.

U mukofotni amerikalik reper Saint JHNning  “Roses” qo’shig’i remiksi uchun oldi.

Imanbek Zaykenov nufuzli Grammy mukofotiga sazovor bo'lgan birinchi qozog'istonlik bo'ldi.

Zaykenov mukofot uchun ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi.

 

Mashhur bo'lgunicha Zeykenov temir yo'l stantsiyasida ishchi bo'lib ishlagan

 

Zeykenov professional musiqachi emas, u Qozog'istondagi temir yo'l kollejida o'qiydi. Mashhur bo'lishdan oldin u temir yo'l ishchisi bo'lib ishlagan va bo'sh vaqtlarida  musiqa bilan shug’ullangan.

Uning remiksi “YouTube”da millionlab tomoshabinlarga manzur bo’ldi. Shundan so'ng Imanbek dunyoga mashhur qo'shiqchilar bilan ishlashni boshladi.

Yosh DJning iste'dodini payqagan Rossiyaning taniqli ovoz yozish kompaniyasi u bilan shartnoma imzoladi.

Zeykenov "Grammy" mukofotiga sazovor bo'lgan remiksni atigi 2 soat 20 daqiqada yakunladi.

20 yoshli qo'shiqchi 17 yoshidan boshlab remikslar yozib kelmoqda.

Yangiliklar