qozogistonning-eng-yirik-sanat-markazlaridan-biri-kasteev-muzeyi

Qozog'istonning eng yirik san'at markazlaridan biri -Kasteev muzeyi

Olmaotadagi tasviriy san’at muzeyi mamlakatning yetakchi ilmiy, madaniy va ma’rifiy markazlaridan biri hisoblanadi.

28 Mayıs 2022 10:51

Abilxon Kasteev dunyoga qozoq xalqi hayoti va ma’naviy olamini ilk bor tanishtirgan rassomlardan hisoblanadi.

Qozog'istonda uning nomi bilan atalgan eng yirik san'at muzeyi 1976 yilda tashkil etilgan.

Abilhan Kasteev sanʼat muzeyi qozoq xalqining urf-odatlari, anʼanalari, tarixi va tabiatini aks ettiruvchi muhim asarlarga ega bo’lib, u Olmaota markazida joylashgan.

1935-yilda Qozogʻiston davlat sanʼat galereyasida qozoq va chet el rassomlarining asarlarini yigʻish ishlari olib borildi.

1970 yilda Qozogʻiston xalq amaliy sanʼati muzeyi qozoq xalq amaliy sanʼati asarlarini yigʻish, saqlash va targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi muzey sifatida tashkil etilgan.

1976 yilda Qozog'iston Davlat san'at galereyasi va Qozoq xalq amaliy san'ati muzeyi kollektsiyalari Qozog'iston Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat san'at muzeyi sifatida birlashdi.

1984 yilda muzey qozoq rassomi, Milliy qozoq rassomlik maktabining asoschisi Abilhan Kasteev nomi bilan ataldi.

2014 yilda San'at muzeyining bir qismi bo'lgan Kasteev uyi muzey sifatida tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.

Muzeyda Qozogʻiston amaliy tasviriy sanʼatining katta kolleksiyasi mavjud.

 

Yangiliklar