11 Temmuz 2021 12:17
Qozog'iston go'zal tabiatga ega mamlakat bo’lib, bu yerdagi eng mashhur tabiiy betakror makonlardan biri – bu Olmaotadagi Ko’lsoy ko'llaridir.
Ko’lsay ko'llari - davlat tomonidan muhofaza qilinadigan hudud hisoblanib, bu yerda Qozog'iston Respublikasi Hukumatining qarori bilan 2007 yil 7 fevralda milliy tabiat bog’i deb e’lon qilingan.
Maydon 161 ming gektarni tashkil etadi.
Milliy bog'da kichik daryolardan hosil bo'lgan 3 ta ko'l mavjud. Bular: Yuqori Ko’lsoy, O'rta Ko’lsoy va Quyi Ko’lsoy.
Keng bargli o'rmonlar, tog'lar va o'tloqlar bilan o'ralgan bu ko'llar o’zining tabiiy go'zalligi bilan kishini hayratga soladi. Milliy bog'da suzish, baliq ovlash, piyoda va otda yurish, qishda chang'i uchish kabi ko'plab tadbirlar tashkil etiladi.