qozogistonning-turkiston-shahrida-turk-dunyosining-oltin-beshigi-turkiston

Qozog'istonning Turkiston shahrida "Turk dunyosining oltin beshigi - Turkiston" forumi bo'lib o'tdi

Turkistonda turk olami yoshlarini birlashtirgan tadbir bo'lib o'tdi

23 Haziran 2021 19:01

Qozog'iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Turkiya, Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston va boshqa turkiy tillarda so'zlashuvchi davlatlardan 200 nafar vakillar ishtirok etishdi.

Onlayn forumning ochilishida ishtirok etgan Qozog'iston Senati raisi Maulen Ashimbayev yoshlarga Turkiston tarixi haqida so'zlab berdi.

U to'qqiz yo'lning chorrahasida joylashgan Turkiston shahri birdamlik ramzi ekanligini ta'kidladi. O'z navbatida u turk dunyosi yoshlarini birdamlikni mustahkamlashga chaqirdi.

Forumda "turk dunyosining ma'naviy va madaniy markazi" bo'lgan Turkiston shahrini targ'ib qilish maqsadida yoshlar o’rtasida tadbirlar tashkil etish va yoshlar tashkilotlari  hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uch kunlik forum davomida ishtirokchilar Turkistonning madaniy qadriyatlari bilan tanishdilar. Ilmiy seminarlar va kitob ko'rgazmalari bo'lib o'tdi.

Forum Turk dunyosi yoshlar bog'ining ochilishi bilan yakunlandi.

 

Yangiliklar