qozogistonning-xushovoz-sanatkori-kulyash-bayseitova

Qozog'istonning xushovoz san'atkori Kulyash Bayseitova

Qozoq operasining yulduzi Kulyash Bayseitova 1912-yil 12-yanvarda tavallud topdi.

12 Haziran 2022 10:37

Bayseitova 1925-1928 yillarda Olmaota pedagogika texnikumida o‘qigan.

Bayseitova Qozoq drama teatri  1928 yilda yangi poytaxt Olmaotaga koʻchirilgach bu yerda ishlay boshladi.

O‘sha davrda teatr kechalari deb atalgan namoyishlarning birinchi qismi spektakllardan, ikkinchi qismi esa teatr san’atkorlari ijrosidagi qo‘shiqlardan iborat edi.

Cholg‘u asboblari va raqqosalar ishtirokida tashkil etilgan ushbu konsertlarda san’atkor ham sahna ko‘rinishlarida, ham konsertlarda qatnashgan.

Bayseitova faoliyatini 1934 yildan hozirgi Abay nomidagi Qozoq musiqali teatrida yakkaxon ijrochi sifatida davom ettirdi.

Urush yillarida u askarlarning jangovar ruhini ko'tatish, ularga ma’naviyat bag‘ishlash maqsadida frontda qo'shiqlar kuylagan.

Qozoq opera sanʼatining asoschilaridan biri hisoblangan Bayseitova Qozogʻiston teatr uyushmasining tashkilotchisi va doimiy prezidenti boʻlgan.

Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati boʻlgan Kulyash Bayseitova nomi Qozogʻiston Milliy opera va balet teatri hamda Olmaota va Nursulton shaharlaridagi koʻchalarga berildi.

Kulyash Bayseitova Sovet davrida ko'plab mukofotlar, medallar va unvonlar bilan taqdirlangan.

Yangiliklar