qozoqlarning-toy-urf-odatlaridan-biri-klitdir

Qozoqlarning to'y urf-odatlaridan biri-"Klit"dir.

O'zbekistonda bo'lgani kabi Qudalarning bir-biriga sarpo yuborishi qozoq to'ylarining ham ajralmas qismidir.

09 Temmuz 2022 10:27

Nikoh va u bilan bog'liq bayramlar barcha mamlakatlar va madaniyatlarda alohida ahamiyatga ega.

Qozog'istonda to'y  nafaqat ikki yoshning nikohi, balki ikki oilaning birlashishini nishonlanadigan yirik marosimdir.

Shu bois qozoqlar ham tarix davomida oilasining kengayishini  nishonlash, qudalarini  sovg‘alar bilan siylash an’anasini qadrlashadi.

Qozoq xalqi buni “Kiit” deb ataydi.

Bu O’zbekistondagi  sarpo jo’natish (sandiq yuborish, bo’xcha yuborish) urf-odatiga o’xshaydi.

Quda oilasiga “Kiit” yuborish jarayonida sarpolar 2 guruhga ajratiladi:

 "Bosh kiit" va "Oyoq kiit".

“Bosh kiit” xonadonning yoshi ulug’lariga, oila raisi va uy bekasiga yuboriladi.

Oilaning qolgan a’zolariga esa "oyoq kiit" deb nomlanuvchi sovg’a-salomlar yuboriladi.

Sarpolar oila a’zolarining yoshiga  qarab tayyorlanadi.

Kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, qimmatbaho matolar sarpolarning ajralmas qismidir.

Hech bir oila a'zosi sovg'asiz qolmaydi.

 

Yangiliklar