23 Mayıs 2021 13:15
Masjidning eshigidagi yozuvda ushbu binoning 1314-1315 yillarda qurilganligi yozilgan.
1783 yilda Qrim Ruslar tasarrufiga o'tgach, O'zbekxon masjidi ko'p yillar davomida qarovsiz tashlab qo'yilgan va ta'mirlanmagan.
1864 yilda xayr-ehson niyatida sahovatpesha bir inson masjidni ta'mirlagan.
Masjid Sovet davrida tarixiy yodgorlik sifatida tasdiqlangan va 1932 yilda bu yerda ibodat qilish taqiqlangan.
Shundan keyin masjid tarixiy asarlar saqlanadigan joy sifatida xizmat qilgan.
1944 yilda Qrim tatarlari o'z vatanidan deportatsiya qilinganidan so'ng, bu yer omborga aylantirildi.
1970-80-yillarda ta'mirlangan masjid 1990-yillarning boshlarida vataniga qaytib kelgan Qrim tatarlari tomonidan qaytarib olingan va cheklangan mablag' bilan ta’mirlab, qayta ochilgan.
O'zbekxon masjidi - Oltin O'rda davridan qolgan va shu paytgacha ibodat maqsadida qo'llanib kelinayotgan yagona masjiddir.