r-t-erdo-g-an-o-zbekiston-o-z-mintaqasida-va-undan-tashqarida-ham-muhim-rol

R. T. Erdo‘g‘an: "O‘zbekiston o‘z mintaqasida va undan tashqarida ham muhim rol o‘ynashga qodir davlat"

R. T. Erdog’an: “Osiyoning qoq markazidagi geostrategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va unumdor yerlari bilan O’zbekiston mintaqada va undan tashqarida ham muhim rol o’ynashga qodir davlatdir”,-dedi.

29 Mart 2022 14:12

Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdo’g’an O’zbekiston bilan har sohada aloqalarni chuqurlashtirishni tarix yuklagan mas’uliyat sifatida ko’rishlarini aytdi.

Erdo’g’an O’zbekistonda chop etiladigan “Yangi O’zbekiston” gazetasi uchun maqola yozdi.

Erdog’an o’z maqolasida:

“Osiyoning qoq markazidagi geostrategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va unumdor yerlari bilan O’zbekiston o’z mintaqasida va undan tashqarida ham muhim rol o’ynashga qodir davlat”,- deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islohotlar siyosati nafaqat o‘z mamlakatida, balki butun Markaziy Osiyoda qo’llab-quvvatlanayotganligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

 “Biz O‘zbekistonning Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni yumshatishdagi yetakchi rolini yuqori baholaymiz.

Biz Termiz shahrining Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yetkazib berishda boshqa barcha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti uchun logistika markaziga aylanishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va undan tashqarida yaratmoqchi bo‘lgan farovonlik va barqarorlik tashabbusini hamda O‘zbekistonning bu yo’ldagi  sa’y-harakatlarini  qo’llab-quvvtalashimizni ta’kidlamoqchiman”, - deyiladi maqolada.

Turk ishbilarmonlari tomonidan O'zbekistonda imzolangan loyihalar g'urur manbai ekanini tilga olgan Erdo'g'an, o'zaro savdoning ikki davlat aloqlarini harakatlantiruvchi kuch ekanligini ham ta'kidlagan. Undan:

“Darhaqiqat, 2017-yildan buyon siyosiy sohada jadallik bilan tashlangan qadamlar qisqa vaqt ichida savdo va sarmoya sohasida ham o‘z ifodasini topdi. Biz 5 milliard dollarlik savdo maqsadimiz sari qatʼiy qadam tashlamoqdamiz. Global epidemiyaning salbiy oqibatlari eng kuchli sezilgan 2020-yilni ijobiy o‘sish bilan yakunlagan ikki davlatning savdo hajmi 2021-yilda 3,6 milliard dollardan oshdi.

Qolaversa, import va eksport ko‘rsatkichlarining bir-biriga juda yaqin bo‘lishi ham savdo aloqalarimiz bir-birini to‘ldirishi va qo‘llab-quvvatlashini ko’rsatadi.

2022-yilda o‘zaro savdo sohasida yangi rekordlar o‘rnatilishiga to‘liq ishonaman”-degan ifodalar joy olgan.

 “Biz qardosh O‘zbekiston bilan kelajagimizni birgalikda qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz butun insoniyatga farovonlik olib kelishiga ishonamiz.

O‘zaro hurmat va ishonch asosida chuqurlashib borayotgan hamkorligimiz bundan keyin ham shunday jadal rivojlanib borishiga umid qilib, o‘zbek qardoshlarimizga xalqim nomidan eng samimiy salomlarimni yo‘llayman”, deb yozgan Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdo’g’an

 

 

 

 

Yangiliklar