rajab-toyyib-erdo-g-onning-ozbekistonga-tashrifi-matbuotda-ham-keng-yoritildi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O'zbekistonga tashrifi matbuotda ham keng yoritildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O'zbekistonga tashrifi o'zbek matbuotida keng yoritildi

31 Mart 2022 17:06

“O‘zbekiston-Turkiya hamkorligida yangi davr”

O‘zbekiston davlat axborot agentligi O‘zA “O‘zbek-turk hamkorligida yangi davr” sarlavhali maqola e’lon qildi.

Unda Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgani, 1996-yilda ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani ta’kidlandi.

Ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p asrlik tarixga, til va din mushtarakligiga asoslanganligiga urg’u berildi.

Shuningdek maqolada, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar kundan-kunga rivojlanib borayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bir qator yangi shartnomalar imzolangan edi. Xususan, Turkiyaning “Onado’li” agentligi va O‘zA agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Erdog’anning tashrifi samarali o’tdi

“Xalq so‘zi” gazetasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi samarali va mazmunli bo‘lganini yozdi.

Maqolada o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik ta’kidlanib, turk xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan  hurmati keng yoritilgan.

“O‘zbekiston-Turkiya hamkorligida yangi davr boshlanishi”

O‘zbekistondagi rus tilidagi “Narodonoe slovo” gazetasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi “yangi davrning boshlanishi” bo‘lishini yozmoqda.

Erdo‘g‘anning tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy Kengashning 2- yig’ilishi  bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar ko’ptomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tariladi

“Pravda Vostoka” gazetasi Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqiqshini ta’kidlamoqda.

Maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik ko’ptomonlama sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

“Ajdodlar zaminining eshigi turk birodarlarimiz uchun doimo ochiq”

“Milliy tiklanish” gazetasi turk qardoshlar uchun ajdodlar diyori (O‘zbekiston) eshigi hamisha ochiq, deb yozgan.

Gazetada Mirziyoyevning bayonotlari batafsil yoritilgan.

Shuningdek, Erdog'anning tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi va yuksak imkoniyatlar yaratishi ta'kidlangan.

“Mening yurtim - do‘stlik diyori”

“21-asr” gazetasida “Mening yurtim – do‘stlik diyori” sarlavhali maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlariga alohida urg‘u berilgan.

Maqolada ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar har tomonlama rivojlanib borayotgani, Erdo‘g‘anning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni eng yuqori darajaga olib chiqishi aytilmoqda.

Yangiliklar