rossiya-ozbekiston-bilan-aviaqatnovlarni-tiklamoqda

Rossiya O'zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

1 apreldan e’tiboran Rossiya 6 davlatga aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

25 Mart 2021 19:47

1 apreldan e’tiboran Rossiya 6 davlatga aviaqatnovlarni qayta tiklaydi.

Bular: O‘zbekiston, Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston va Shri-Lankadir.

Dastlab Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi parvoz haftada bir marta amalga oshiriladi.

Ma’lumot uhcun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar karantin cheklovlari sababli 2020 yilning 16 martda to’xtatilgan edi.

Rossiyada so'nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinganlar soni  9 ming 221 nafarga ko'payib, 4 million 492 ming 692 kishini tashkil etgan.

 Shuningdek, yana 393 kishi halok bo’lgan va ushbu virus tufayli hayotdan ko’z yumganlar soni 96 ming 612 nafarga yetgan.

So'nggi 24 soat ichida 10 ming 881 kishi sog'ayib ketgan bo'lib, ushbu ko’rsatgich 4 million 109 ming 281 kishiga yetdi.

Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligi mamlakatdagi Chumakov markazida topilgan

"KoviVak" vaktsinasi ommaviy foydalanish uchun ishlab chiqarila boshlanganligini ma'lum qildi.

Yiliga 10 million dozada ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan vaksinaning mamlakat hududlariga eng qisqa vaqt ichida yetkazib berilishi ta'kidlandi.

Rossiya Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari Pavel Pugachov mamlakatda ishlab chiqarilgan 3 ta rus vaktsinasining barchasi teng darajada samarali ekanligini ta'kidladi.

Mamlakatda ommaviy emlash jarayoni Prezident Vladimir Putinning ko’rsatmasiga  binoan 18 yanvar kuni "Sputnik V" vaktsinasi bilan boshlangan edi.

Yangiliklar