rossiya-qrimni-noqonuniy-ravishda-qoshib-olganiga-7-yil-toldi

Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda qo'shib olganiga 7 yil to'ldi

Rossiya 2014 yildan beri Ukraina tarafdorlariga qarshi tazyiq o'tkazmoqda

16 Mart 2021 18:14

Ukraina va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan shartnoma 2013 yil 21 noyabrda o'sha paytdagi Prezident Yanukovich tomonidan imzolangan. Shundan keyin Ukrainada norozilik namoyishlari boshlanib, aholi ikkiga bo'lingan. Ulardan ba'zilar Ukrainani qo'llab-quvvatladi, boshqalari esa Rossiyani qo'llab-quvvatladi.

Namoyishlar qishda ham davom etdi va Yanukovich 22 fevral kuni mamlakatdan qochib ketdi. Hokimiyat g'arb tarafdori bo’lgan siyosatchilar qo'liga o'tdi.

Ushbu kuchlarning Ukrainaga kelishi Qrim yarim orolida Rossiya tarafdorlarining faolligini kuchaytirdi.

Qora dengiz floti Ukraina va Rossiya o'rtasidagi kelishuvlarni buzdi (1997 yil 28 may va 2010 yil 21 aprel) va rus qo'shinlari yarimorolga ko'chib o'tdilar.

2014 yil 25 fevralda Rossiya tarafdori bo’lgan kuchlar parlamentga qarshi tazyiq o’tqaza boshaldi. 400 ga yaqin Rossiya tarafdorlari Qrim mustaqilligi bo'yicha referendum o'tkazilishini talab qilib, Qrim parlamenti tomon yurishdi.

 

26-fevral voqealari

 

26-fevral kuni parlament spikeri Konstantinov Bosh assambleyada referendumni muhokama qilishini ma'lum qildi. Tez orada Rossiya ittifoqi partiyasi Qrim Muxtor Respublikasi parlamenti oldida miting o'tkazishini e'lon qildi. Xuddi shu kuni Ukrainaning birligini himoya qiladigan Qrim Tatar milliy majlisi  ham parlament oldida yig'ilishini e'lon qilgan.

7000 dan ortiq odam, asosan Qrim tatarlari, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishlarini o'tkazdilar. Namoyish paytida ikki kishi halok bo'ldi.

Ko'p o'tmay, "Yashil odamlar" nomli harbiy guruh paydo bo'ldi va ular Qrim parlamenti va hukumat binolarini egallab oldi.

 

“Yashil odamlar” tomonidan boshqariladigan referendum

 

Qrim avtonom respublikasi parlamenti 6 mart kuni referendum o'tkazishga qaror qilganini e'lon qildi.

16 mart kuni qrimliklar Rossiyaga qo'shilish yoki Ukrainada qolish to'g'risida referendumda ovoz berishdi. Biroq, referendum "yashil odamlar" tomonidan nazorat qilingan va ishtirokchilar Qrimning Rossiyaga qo'shilishiga rozi bo'lishga majbur bo'lishgan.

 

Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa bir qator mamlakatlar referendumga qarshi chiqdilar va uning natijalarini tan olmadilar.

Biroq, 21 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim va Sevastopolni Rossiya Federatsiyasiga qo'shilishi to'g'risida bitimni imzoladi.

Qrimning Rossiyaga qo'shib olinishidan so'ng, "26-fevral voqealariga" aloqadorlikda ayblanib Ukraina tarafdori bo’lgan Qrim tatarlariga bosim o'tkazilgan va ular  hibsga olingan.

Jumladan, Qrim-tatar milliy harakati rahbarlaridan biri bo'lgan Mustafo Jemilevning Qrimga kirishi taqiqlangan.

Rossiya 2014 yildan beri Ukraina tarafdorlariga qarshi tazyiq o'tkazmoqda.

Qrim tatarlari quvg'in qilinmoqda, uylari talon-taroj qilinmoqda. Ular hibsga olinmoqda va so'roq qilinmoqda.

"Qrim SOS" nodavlat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunga qadar 104 qrim fuqarosi hibsga olingan. Ularning 77 nafari qrim-tatarlardir.

 

Rossiya Qrimni ruslashtirmoqda

 

Rossiya etnik ruslarni Qrimga joylashtirish orqali Qrimdagi ta'sirini kuchaytirmoqda.

Qrim-tatar milliy harakati rahbari Mustafo Jemilevning so'zlariga ko'ra, Rossiya shu paytgacha Qrimga 205 ming kishini joylashtirgan. Biroq, Qrim tatarlari yarim orolda kamida 600 ming Rossiya fuqarosi yashaydi, deb hisoblashadi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya 2014 yildan beri Qrimga 32,5 ming askar joylashtirgan.

Bundan tashqari, Ukraina mudofaa vaziri Andriy Taran Rossiyaning Qrimga yadro qurolini joylashtirishga tayyorlanayotganini ta'kidlagan.

Yangiliklar