rossiya-va-islom-davlatlari-ishtirokidagi-xiii-qozon-sammiti-boshlandi

Rossiya va Islom davlatlari ishtirokidagi XIII Qozon sammiti boshlandi

Rossiya va Islom davlatlarining vakillari ishtirokidagi "Rossiya-Islom Dunyosi-XIII Qozon sammiti 2022" boshlandi

20 Mayıs 2022 10:20

Mazkur 13-sammit Rossiya va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustem Minnixanov, “Rossiya Halol Expo 2022” ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlangan tadbirda so‘zlagan nutqida, sammit “Rossiya-Islom dunyosi strategik tashkiloti” faoliyati doirasida tashkil etilganini aytdi.

Sammitning Tataristonda Rossiya hududlari va IHT davlatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik taʼminlangan asosiy va yagona platforma ekanligini ifoda etgan Minnihanov, Tataristonning iqtisodiy imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyatini ochib bergan sammitning yangi aloqalar oʻrnatishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Sammitda xalqaro tashkilotlar, jamoat va moliya institutlari vakillari, elchixona rasmiylari, siyosatchilar, investorlar va ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

Sammitda islomiy moliya va qoʻshma bank ishi, halol sanoat, yoshlar diplomatiyasi, eksportni rivojlantirish, tadbirkorlik va sarmoya masalalari muhokama qilinadi.

Sammitda doirasida  qator tadbirlar ham o‘tkaziladi.

“IHT mamlakatlari yosh tadbirkorlar forumi” va “IHT mamlakatlari yosh diplomatlar forumi”, moliya sektoridagi muammolar muhokama qilinadigan “SberTalk” tadbiri, “Modest Fashion Day” moda namoyishi ham tashkil etildi.

Yangiliklar