rossiyaning-tass-axborot-agentligi-tomonidan-tashkil-etilgan-news-photo-awards

Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “News Photo Awards” mukofotlari o’z egalariga topshirildi

Ispaniyaning EFE axborot agentligining fotomuxbiri Bryce Lorenzo Couto o’zining "Tug'ilgan kun" fotosurati bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi

13 Mart 2021 19:14

Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “News Photo Awards” mukofotlari o’z egalariga topshirildi.

Taqdirlash marosimi Moskvada bo'lib o'tdi. Marosimda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya investitsiya fondi bosh direktori Kirill Dmitriev, TASS bosh direktori Sergey Mixaylov va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Ispaniyaning EFE axborot agentligining fotomuxbiri Bryce Lorenzo Couto o’zining "Tug'ilgan kun" fotosurati bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Rossiyaning Sputnik axborot agentligining fotomuxbiri Ilya Pitalevning "Muqaddas non va sharob marosimi" asari "Eng yaxshi fotosurat" deb topildi.

Britaniyaning South West News Service (SWNS) fotomuxbiri Adam Grey “Kovid-19 ning markaziy bazasi”  fotosurati bilan "Eng yaxshi fotosuratlar to’plami" mukofotiga sazovor bo'ldi.

Marosimda so'zga chiqqan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov pandemiya paytida fotojurnalistlar vaziyatni katta mahorat bilan yoritayotganini aytdi.

“Ba'zan bitta rasmning o’zigina vaziyatni bir necha sahifadan iborat maqolalardan ko’ra yaqqolroq yoritib beradi” , - dedi u.

Hakamlar hay'ati a'zosi Hasan O’ymez (Anado’lu agentligi) epidemiya insoniyat tarixidagi burilish nuqtasi ekanligini aytdi.

“Har bir rasm o'ziga xos tarzda ta'sirchan edi. Ammo, men virusga yengilganimizni emas, balki virusni mag'lub etganimizni yoki bu borada umid bag'ishlagan rasmlarni tanladim” , - dedi u.

Yangiliklar