saljuqiy-memorchiligining-durdona-asari-sulton-sanjar-maqbarasi

Saljuqiy me'morchiligining durdona asari-Sulton Sanjar maqbarasi

Turkmanistonning Marv shahridagi Sulton Sanjar maqbarasi Turk  hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan qayta tiklangan

11 Ağustos 2021 15:04

Buyuk Saljuqiylar davlati hukmdori Sulton Sanjar 1086-1157 yillar orasida 39 yil hukmronlik qilgan.

U Buyuk Saljuqiylar davlatining ulug'vorligini aks ettirish uchun qurmoqchi bo'lgan maqbarasiga o’zi nom bergan.

 

"Dar ul oxirat"

U maqbarani "Dar ul Oxirat" – “oxirat uyi” deb atagan. Maqbara xalq orasida "Davlatxona" nomi bilan mashhur bo'lgan.

10 yil davomida qurilgan  maqbara Saljuqiy me'morchiligining durdona asari sifatida e’tirof etilgan.

Maqbaraning gumbazi  diametri 17 metr bo’lib, usha davrdagi eng katta gumbaz hisoblangan.

Qabrning tashqi gumbazi 1220 yilda mo'g'ullar istilosi paytida qulab tushgan.

 

Maqbara THMA tomonidan qayta tiklandi

2002 yildan 2004 yilgacha Turkmanistonning Marv shahridagi Sulton Sanjar maqbarasi Turk  hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan qayta tiklangan.

YuNESKO tomonidan tasdiqlangan TIKAning ushbu  loyihasi 2004 yilda yakunlandi.

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.