savitskiy-nomidagi-qoraqalpogiston-sanat-muzeyi

Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston san'at muzeyi

Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi 1966 yilda Nukus shahrida tashkil etilgan.

26 Haziran 2022 11:33

Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyi Qoraqalpogʻistonning Nukus shahri markazida joylashgan.

Muzey Qoraqalpoq turklari sivilizatsiyasining tarixda qoldirgan chuqur izlarini  yoritib beradi.

Qoraqalpogʻiston sanʼat müzeyi uning asoschisi va birinchi  rahbari hisoblangan  I.V. Savitskiy nomi bilan ataladi.

1966 yilda ochilgan muzey uchta bo'limdan iborat: tasviriy san’at, Qoraqalpog’iston xalq-amaliy san’ati va Qadimgi Xorazm san’ati.

Umumiy maydoni 6,9 ming kvadrat metr boʻlgan Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida 100 mingdan ortiq eksponat mavjud.

Muzeydadagi eng qimmatbaho  eksponatlar orasida qadim Xorazm va Qoraqalpogʻiston viloyatlariga oid hunarmandchilik buyumlari va kiyim-kechaklar bor.

Tasviriy san’at bo‘limidagi 1920-1930 yillarga oid rasmlar ham  ko’pchilining e’tiborni tortib kelmoqda.

Muzey Xalqaro muzeylar qoʻmitasining aʼzosi hisoblanadi.

Qoraqalpog'iston san'at muzeyi “The Guardian” gazetasi tomonidan “Dunyodagi eng ajoyib muzeylardan biri” va “Nyu-York Tayms” jurnali tomonidan “Ko’rish kerak bo'lgan joy” deb e'tirof etilgan.

 

Yangiliklar