seraxs-turkmanistonning-tarixiy-shahri

Seraxs - Turkmanistonning tarixiy shahri

Turkmaniston janubida joylashgan ushbu shahar minglab yillik tarix guvohidir

27 Haziran 2021 11:30

Seraxs - Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. Buyuk Ipak yo'li bo'ylab joylashgan bu shahar asrlar davomida katta strategik ahamiyatga ega bo'lgan. XI asr boshlarida esa mazkur shahar  G'aznaviylar davlatiga qo'shib olingan.

1035 yilda Saljuqiylar Xurosonga ko'chib o'tgach, Seraxs va uning atrofiga joylashdilar.

1038 yilda shahar Saljuqiylar sulolasi tasarrufiga o'tdi. Keyinchalik Saljuqiylar davlati uch qismga bo'linib, ushbu shahar Xurosondagi Saljuqiylar Sultonligining poytaxtiga aylandi.

Seraxs tarixdagi eng obod shaharlardan biri va ilm-fan markazi bo'lgan. Ushbu shahardan sharq ilmi va madaniyatini ulug'lagan ko’plab olimlar yetishib chiqqan. Ular orasida Ibn at-Toyib as-Seraxsiy, Ahmad as-Seraxsi, Lokman Seraxsi, Abdurrahmon ibn Muhammad Seraxsiydir.

Saljuqiylar davlatining poytaxti Seraxs shahri afsuski vayron bo'lgan. Bugungi kunga qadar faqat ichki qal'a va Abul Fazl maqbarasining xarobalari saqlanib qolgan.

Yangiliklar