sh-mirziyoyev-va-v-putin-qoraqalpogistondagi-vaziyat-yuzasidan-telefon-muloqo

Sh. Mirziyoyev va V. Putin Qoraqalpog'istondagi vaziyat yuzasidan telefon muloqoti o'tkazdi

O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Rossiya Davlat rahbari V. Putin Qoraqalpog'istondagi vaziyat yuzasidan telefon muloqoti o'tkazdi

21 Temmuz 2022 11:09

Kreml saroyidan berilgan bayonotga ko‘ra, V. Putin va  Sh. Mirziyoyev telefon muloqoti o'tkazgan.

Unda Qoraqalpogʻistondagi vaziyat muhokama qilingan bo'lib, V. Putin Oʻzbekiston hukumatining mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilingan muloqotda Putin va Mirziyoyev kelajakda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

Qoraqalpog'istondagi vaziyat 

O‘zbekistondagi Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi maqomini o‘zgartirish takliflari mintaqada  turli noroziliklarni keltirib chiqargan edi.O'zgartirishga qarshi chiqqan ba’zi  guruhlar norozilik namoyishlari o’tkazgach,Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat eʼlon qilingan edi.

Qoraqalpog‘iston bo‘ylab 3 iyul kuni  boshlangan favqulodda holat 2 avgustgacha davom etadi.

 

Yangiliklar