shaken-aymanov-nomidagi-qozoqfilm-kinostudiyasi

Shaken Aymanov nomidagi “Qozoqfilm” kinostudiyasi

1936 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Qozoqfilm” kinostudiyasi Qozogʻiston madaniyatida muhim oʻrin tutadi.

09 Nisan 2022 11:43

Kinostudiya 1934-yilda “Olmaota kinostudiyasi” nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, 1936-yilda ilk hujjatli filmlar efirga uzatila boshlandi.

1941-yil 15-noyabrda “Mosfilm”, “Lenfilm” va “Markaziy birlashgan kinostudiya” kinostudiyalari Olmaota kinostudiyasi bilan birlashdi.

Olmaota kinostudiyasi 1944 yilgacha Sovet Ittifoqidagi barcha badiiy filmlarning 80 foizini ishlab chiqardi.

1960-yil 9-yanvarda studiya nomi “Qozoqfilm” kinostudiyasi deb oʻzgartirildi. U 1984 yilda qozoq milliy kinematografiyasining yetakchi arbobi Shaken Aymanov nomi bilan ataldi.

1991 yildan 2016 yilgacha studiya 136 ta badiiy film, 73 ta qisqa metrajli film, 258 ta hujjatli va 67 ta animatsiyani suratga oldi.

2008-yildan buyon “Qozoqfilm” kinostudiyasining 200 dan ortiq asari dunyoning 60 ta davlatida o‘tkazilgan 220dan ortiq festival va xalqaro namoyishlarda ishtirok etgan.

 

Yangiliklar