shanxay-hamkorlik-tashkiloti

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Shanxay beshligiga dastlab Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari asos solgan. O‘zbekiston 2001-yilda a’zo bo‘lgach, u Shanxay hamkorlik tashkilotiga aylandi.

29 Haziran 2022 16:22

Shanxay beshligi 1996-yilda Shanxayda Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari tomonidan “Chegarabo‘yi hududlarda harbiy xavfsizlikni mustahkamlash” to‘g‘risidagi bitimni imzolagan holda tashkil etilgan.

2001 yilda Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tgan sammitda beshta aʼzo davlat Oʻzbekistonni Shanxay beshligiga qabul qildi.

Shundan keyin 2001 yil 15 iyunda olti davlat rahbarlari hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Shanxay hamkorlik tashkiloti deklaratsiyasi”ni imzoladilar.

Oradan bir yil o‘tib ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida uchrashdi.

Ular tashkilotning maqsadlari, tamoyillari, tuzilmasi va faoliyatini belgilab beruvchi, xalqaro huquq normalariga muvofiq ishlab chiqilgan SHHT Nizomini imzoladilar.

ShHTning asosiy e’tibori Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalariga qaratilgan bo‘lib, terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi tahdidlarga qarshi kurashni ko’zda tutadi.

Hozirgi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Erondir.

 

Yangiliklar