sulton-rayev-turksoy-bosh-kotibi-lavozimini-rasman-egalladi

Sulton Rayev TURKSOY bosh kotibi lavozimini rasman egalladi

.TURKSOY Bosh kotibi Dyusen Kaseinov o‘z lavozimini Sulton Rayevga topshirdi

12 Nisan 2022 15:06

TURKSOY Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotida Sulton Rayevga TURKSOY bosh kotibi lavozimini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li va Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham ishtirok etdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Sulton Rayev taniqli madaniyat arbobi  sifatida TURKSOYga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, u 2008-yildan buyon Bosh kotib vazifasini bajarib kelgan Dyusen Kaseinovga so'nggi yillarda erishgan yutuqlari va 14 yillik xizmati uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Tashkilot doirasidagi davlatlarning birligi va hamjihatligi juda qimmatlidir. Madaniy tadbirlar bizni yanada ilhomlantiradi.

Eng muhimi, turk madaniyatini kelajak avlodlarga yetkazishdir”,-dedi u.

O‘z navbatida, Sulton Rayev  bu muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, bu vazifani munosib ado etishga harakat qilishini aytdi.

Bursa shahrida boʻlib oʻtgan TURKSOY Doimiy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Qirgʻizistonning taniqli madaniyat arbobi, Qirgʻiziston Respublikasi xalq yozuvchisi, Toʻqtoʻgʻul nomidagi Davlat mukofoti va boshqa nufuzli xorijiy hamda xalqaro mukofotlar sovrindori Sulton Rayev TURKSOY Bosh kotibi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar