sulton-rayev-xalqaro-turk-madaniyati-tashkiloti-bosh-kotibi-etib-saylandi

Sulton Rayev Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti bosh kotibi etib saylandi

Turkiya Tashqi ishlari vazirligi Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti bosh kotibi etib saylangan Sulton Rayevni tabrik etdi.

03 Nisan 2022 11:39

Qirg‘izistonlik yozuvchi va dramaturg Sulton Rayev TURKSOY-turkiy tilli xalqlar madaniyati xalqaro tashkiloti bosh kotibi etib tayinlandi.

Bu qaror Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan TURKSOY yigʻilishida eʼlon qilindi. Sulton Rayevning nomzodi TURKSOYga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlari qarori bilan tasdiqlangan.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sulton Rayevni TURKSOY Bosh kotibi etib saylangani bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Vazirlik TURKSOY sobiq kotibi Dusen Kaseinovga ham minnatdorchilik bildirgan.

Yangiliklar